00:25 / 12.12.2022
1 300

Sardor Umurzoqov: «Boshqa hududlardagi mas’ullar ham qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ysa, jinoiy ish qo‘zg‘atiladi»

Sardor Umurzoqov: «Boshqa hududlardagi mas’ullar ham qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ysa, jinoiy ish qo‘zg‘atiladi»
Foto: O‘zA
Prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda energiya resurslari bilan ta’minlash sohasida aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan yana bir qancha mas’ullar qamoqqa olingani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldashevning ma’lum qilishicha, «Yangiyo‘ltumangaz» rahbari Umid To‘ychiyev va «Guliston tuman elektr tarmoqlari korxonasi» sobiq rahbari Furqat Shodmonqulovga ham jinoyat ishi ochilib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.

«Agar boshqa hududlardagi mas’ullar ham bundan to‘g‘ri xulosa chiqarmasa va qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ysa, ularga ham, albatta, xuddi shunday jinoiy ish qo‘zg‘atiladi» — dedi Sardor Umurzoqov.

Mazkur yig‘ilishda «Hududgazta’minot» AJning Toshkent viloyati bo‘yicha tarkibiy bo‘linmasi bo‘lgan «Hududgaz Toshkent» filiali direktori Muzaffar Aliyevga nisbatan jinoyat ishi ochilgan hamda ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingani ma’lum bo‘lgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sardor Umurzoqov: «Boshqa hududlardagi mas’ullar ham qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ysa, jinoiy ish qo‘zg‘atiladi»