Yaponiyada xorijlik talabalar o‘zbekcha raqs tushishdi

9-13 may kunlari Yaponiyadagi Risumeykan Osiyo-Tinch Okeani universitetida O‘zbekiston madaniyati kunlari tashkil etildi.
Tadbir doirasida Risumeykan Osiyo-Tinch okeani universitetining turli davlatlardan bo‘lgan talabalari o‘zbek milliy raqsini ijro etishdi.
Tadbir ishtirokchilaridan biri Barno Vafaeva o‘zining Facebook'dagi tarmog‘ida bayram videosi bilan bo‘lishdi.
OAVning xabar berishicha, raqslarda O‘zbekiston, AQSh, Yaponiya, Indoneziya, Hindiston, Vetnam, Xitoy, Koreya, Fransiya va boshqa mamlakatlardan kelgan 40 nafar atrofidagi talaba qatnashgan.
Videoda qizlar va boshlariga do‘ppi kiyib, bellariga belbog‘ bog‘lagan yigitlar o‘zbek qo‘shiqlariga milliy raqsga tushishgani tasvirlangan.
Risumeykan universiteti - Beppu shahrida joylashgan Yaponiyadagi eng katta xususiy universitetlardan biri. U erda 83ta mamlakatdan kelgan 2500dan ortiq talaba tahsil oladi. Har ikki yilda universitetda ma’lum bir mamlakatning madaniyatiga bag‘ishlangan "Xalqaro hafta" o‘tkaziladi.
Manba: Kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing