14:56 / 12.12.2022
1 179

Ipoteka bank Vengriyaning OTP bankiga sotildi

Ipoteka bank Vengriyaning OTP bankiga sotildi
Bugun, 12 dekabr kuni Toshkent shahrida Ipoteka bankdagi davlat ulushini xususiylashtirish bo‘yicha shartnomani imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.

Tadbirda Bosh vazir o‘rinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev nutq so‘zlab, O‘zbekiston banki birinchi marta xorijiy kompaniyaga sotilganini aytdi.

Vengriyaning OTP bankining O‘zbekistonga kirib kelishi raqamlashtirish, bank xizmatlari sifatini yanada oshirishiga ishonamiz. Qolaversa, bu kelishuv ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantiradi.

Birinchi marta xorijiy bank O‘zbekiston bankini sotib olmoqda.

Ipoteka bank O‘zbekistondagi beshinchi yirik bank bo‘lib, umumiy bozorning 8,5 foizini tashkil etadi va 1,6 milliondan ortiq mijozga ega.

Tadbirda OTP banki boshqaruv raisi Shandor Czanyi uzoq muddatli maqsad OTP Group'ni O‘zbekiston bank bozorining asosiy ishtirokchisiga aylantirish ekanini aytdi.

Shuningdek, Sandor Chanyining qo‘shimcha qilishicha, bank nomi o‘zgarmaydi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat