19:19 / 14.12.2022
1 113

Ota farzandi uchun oldindan 161,5 mln. so‘m aliment to‘ladi

Ota farzandi uchun oldindan 161,5 mln. so‘m aliment to‘ladi
Majburiy ijro byurosining Zangiota tuman bo‘limiga fuqarolik ishlari bo‘yicha Zangiota tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor X.Turmanovdan voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun turmush o‘rtog‘i O‘.Turmanova foydasiga aliment undirish haqidagi ijro hujjati kelib tushgan.

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor X.Turmanov farzandi voyaga yetgunga qadar bo‘lgan aliment pulini oldindan to‘lab berishini ma’lum qilgan.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, farzand voyaga yetgunga qadar bo‘lgan aliment miqdori 161,5 mln. so‘mni tashkil qilgan va qarzdor 06.12.2022 yilda kuni ushbu mablag‘ni undiruvchiga topshirgan hamda ijro ishi O‘zbekiston Respublikasi "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida"gi Qonunining 41-moddasi 1-qismiga asosan tamomlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ota farzandi uchun oldindan 161,5 mln. so‘m aliment to‘ladi