
Davlat ekologiya qo‘mitasi tasarrufidagi Surxon davlat qo‘riqxonasida o‘rnatilgan fotoqopqonlarga ozuqa izlab yurgan morxo‘rlar to‘dasi muhrlandi. Bu haqda viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yo‘qolib ketish arafasida turgan bu jonivorlar O‘zbekiston Qizil kitobiga hamda Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining «Qizil ro‘yxat»iga kiritilgan. Mutaxassislar morxo‘r so‘zining ma’nosi forscha «mor – ilon, xo‘r – yeyish», ya’ni «ilon yeydigan hayvon» ma’nosini anglatadi, deydi.
— Шухрат Раззаков (@ShuhratRazzakov) December 21, 2022
Bu jonivorlarning ana shunday nom olishiga ularning katta buralgan ko‘rinishidan ilonni eslatuvchi shoxlari sababchi bo‘lgan, degan taxminni ham ilgari surib keladi. Hozirgi kunga kelib Surxon davlat qo‘riqxonasidagi morxo‘rlarning soni oxirgi sanoq natijalariga ko‘ra 673 boshni tashkil qilmoqda.
Morxo‘rlarSurxon Davlat Qo‘riqxonaEkologiya Va Atrof-MuhitO‘zbekiston Qizil KitobiTabiatni Muhofaza QilishJonivorlar Soni O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar