
Ijtimoiy tarmoqlarda yutub-bloger Abduqodir Mo‘minovning videomurojaati tarqalib, unda bir nechta noma’lum shaxslar unga tan jarohati yetkazgani va avtomashinasiga shikast yetkazishganligini ma’lum qilgan.
Poytaxt IIBB mazkur holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Unda aytilishicha, joriy yilning 23 dekabr kuni taxminan soat 22.30 larda fuqaro A.Mo‘minov «102» raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, Yashnobod tumanida noma’lum shaxslar uni urib tan jarohati yetkazib, unga tegishli bo‘lgan «Samsung S21 Ultra» rusumli uyali aloqa vositasini olib ketishganligini, shuningdek uning avtomashinasiga qattiq jism bilan urib shikast yetkazishganligini ma’lum qilgan.
Mazkur xabar asosida voqea joyiga tergov-tezkor guruhi chiqib, barcha zaruriy tergov-tezkor harakatlari olib borilgan va xolislar ishtirokida voqea joyidan 5 dona qo‘l barmoq izi va 1 dona beysbol bitasi daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirib olingan.
Shuningdek, fuqaro A.Mo‘minovdan bir dona fleshkadagi videoyozuvlar tekshirib qo‘rish uchun protsessual tartibida olingan.
Qayd etilgan holat yuzasidan Jinoyat rodeksining 164-moddasi («Bosqinchilik») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlariga kirishilgan. Toshket shahar IIBB rahbariyatining topshirig‘a ko‘ra, ushbu jinoyatni fosh etish maqsadida malakali xodimlardan iborat tergov-tezkor guruhi tuzilib, Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan barcha zarur tergov va tezkor-qidiruv harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar