
Majburiy ijro byurosining Sirdaryo viloyat boshqarmasi hamda tuman-shahar bo‘limlari ish yurituvida ish haqi undirishga oid ijro hujjatlari joriy yil dekabr oyining boshiga 239 ta 2 mlrd. 168 mln. so‘mni tashkil qilgan.
Ushbu davr mobaynida 47 ta 740,0 mln.so‘mlik ijro hujjatlari “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 41-moddasi asosida tamomlangan bo‘lsa, shundan, 32 ta ijro hujjatlari bo‘yicha 608,5 mln. so‘mlik ish xaqlari amalda to‘liq undirildi.
Jumladan, Byuroning Guliston shahar bo‘limi ish yurituviga 03.11.2022 yilda kelib tushgan fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumanlararo sudining 03.10.2022 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor “ASQS” MCHJdan undiruvchi I.D.ning foydasiga 7 000 000 so‘m ish haqi undirish to‘g‘risidagi sud hujjati Byuroning Guliston shahar bo‘limi tomonidan 28.12.2022 yilda to‘liq undirib berildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar