16:47 / 29.12.2022
1 237

Endilikda, MIB hisob raqamlariga to‘lovlar faqatgina “Munis” to‘lov tizimi orqali amalga oshiriladi

Endilikda, MIB hisob raqamlariga to‘lovlar faqatgina “Munis” to‘lov tizimi orqali amalga oshiriladi
Majburiy ijro byurosi organlari ish faoliyatida zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanilgan holda yaratilgan axborot tizimlari tufayli ijro ishi bo‘yicha barcha jarayonlarni avtomatlashtirish
choralari ko‘rilmoqda.

Ijro hujjatlari bo‘yicha jarayonlarni to‘liq avtomatlashtirish, shuningdek qarzdorlardan undirilayotgan mablag‘larni o‘z vaqtida undiruvchilarga taqsimlash maqsadida, to‘lovlarni faqatgina “Munis” to‘lov tizimlarining “0209” MIB to‘lovi xizmati orqali qabul qilish tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Shu sababli, 2023 yilning 10 yanvar kunidan boshlab Byuroning barcha tuman (shahar) bo‘limlarining hisob raqamlariga to‘lovlar faqatgina “Munis” to‘lov tizimlarining “0209” MIB to‘lovi xizmati orqali amalga oshiriladi.

Shundan so‘ng, Byuroning tuman (shahar) bo‘limlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri banklararo to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati cheklanadi.

Agar cheklov joriy qilingan sanadan keyin texnik xatoliklar sababli kelib tushgan mablag‘lar ijro hujjati bo‘yicha qabul qilinmasdan to‘lovni amalga oshirgan yuridik yoki jismoniy shaxslarga qaytariladi.

Bu haqida barcha vazirlik va idoralar, budjet tashkilotlari hamda tijorat banklariga ma’lum qilingan.
Ijro hujjati raqami va ijro hujjatlari bo‘yicha boshqa barcha ma’lumotlarni Byuroning internetdagi www.mib.uz sayti orqali olishingiz mumkin.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat