
Foto: Rahmonjon Mamadaliyev
Namangandagi «Afsonalar vodiysi» bog‘ida Yangi yil bayrami arafasida 5,8 tonna palov damlandi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.
Taomni tayyorlash uchun 15 nafar malakali oshpaz jalb qilindi, 1,5 tonna gurunch ishlatildi.
Taom tayyorlashga 30 dekabr kuni kechki payt kirishilib, 31 dekabr kuni soat 11.00 atrofida tarqatish boshlandi.

Foto: Oybek Narzullayev

Foto: Oybek Narzullayev
Bayram oshi shifoxonalar, «Saxovat», «Mehribonlik» va nogironlik uylari hamda ehtiyojmand oilalarga tarqatildi.

Foto: Rahmonjon Mamadaliyev

Foto: Rahmonjon Mamadaliyev
Bayram oshini tarqatish oldidan qozon atrofida viloyat hokimi Shavkat Abdurazzaqov va sektor rahbarlari jamlandi.

Foto: Rahmonjon Mamadaliyev

Foto: Rahmonjon Mamadaliyev
Nuroniylar kelgusi yil fayz-barakali kelishini tilab, duo-fotiha qildi. Palov maxsus idishlarga solinib, avtomashinalarda belgilangan manzillarga yetkazildi.

Foto: Oybek Narzullayev
NamanganYangi YilPalovEhtiyojmand OilalarMalakali OshpazlarTarqatish Jarayoni O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar