11:33 / 03.01.2023
1 070

Qoraqalpog‘istonda mast erkak ko‘p qavatli bino tomiga chiqib oldi (video)

Qoraqalpog‘istonda mast erkak ko‘p qavatli bino tomiga chiqib oldi (video)
Skrin: Telegram
Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida 1 yanvar kuni mast erkak ko‘p qavatli binoning tomiga chiqib yugurdi. Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, shu kuni soat 14:30 da boshqarmaning 1050 qisqa raqamiga xabar kelib tushgan. Unga ko‘ra, qutqaruv bo‘linmasi hodisa joyiga yetib borgan.

Maxsus bo‘lim Nukus shahri 23-mitti tumanga yetib borganda 1987 yilda tug‘ilgan mast holdagi erkak tomning ustiga chiqib olgani ma’lum bo‘lgan.

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan videoda erkak tom ustida yugurib yurganini ko‘rish mumkin. Qutqaruv guruhi yetib borgach erkakning tomdan tushishiga amaliy ko‘mak bergan. Hodisa oqibatida hech kimga tan jarohati yetmagan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat