21:00 / 04.01.2023
1 273

Andijonda o‘quvchilar Spark'da avariyaga uchradi

Andijonda o‘quvchilar Spark'da avariyaga uchradi
Andijonda 11-sinf o‘quvchisi ijaraga olinga Spark mashinasida 4 nafar sinfdoshi bilan avariyaga uchradi.

Qayd etilishicha, yigit yo‘lda mashina boshqaruvini yo‘qotgan va chetda to‘xtab turgan yuk avtomobiliga borib urilgan. Buning oqibatida maktab o‘quvchilaridan biri vafot etgan, qolganlari og‘ir ahvolda.

«Hammadan iltimos qilaman, hujjatsiz mashina boshqarmanglar. Bularning ota-onalari hozir qanday ahvolda? Hozir qizimni telefonda ko‘rsangiz, ahvoli yaxshi emas. Bolasini ko‘rish uchun Rossiyadan kelolmayapti. Nima bo‘lsa bo‘lib o‘tiribdi», — deydi mashinani boshqargan bolaning buvisi.

Andijon viloyat YHXB ma’lumotiga ko‘ra, 2022 yil davomida hududda 4000 mingga yaqin guvohnomasiz avtomobil boshqarish holatlari aniqlangan. Bunda voyaga yetmagan bolalarga qarindoshlari tomonidan mashina ishonib topshirilgan holatlar ham mavjud.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat