
FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar berishicha, bugun, 5 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:25 da Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi.
Zilzila koordinatalari: 36,34 daraja shimoliy kenglik; 70,7 daraja sharqiy uzunlik. Magnituda M=6. Chuqurlik — 235 km.
Zilzila epitsentri Toshkentdan 562 km janubi-sharqda joylashgan.
Yer qimirlashining O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:
Surxondaryo — 4 ball, 321 km
Farg‘ona — 4 ball, 459 km
Jizzax — 4 ball, 490 km
Sirdaryo — 4 ball, 491 km
Samarqand — 4 ball, 493 km
Andijon — 3-4 ball, 514 km
Qashqadaryo — 3-4 ball, 515 km
Namangan — 3-4 ball, 525 km
Toshkent viloyati — 3-4 ball, 536 km
Toshkent shahri — 3-4 ball, 562 km
Navoiy — 3-4 ball, 626 km
Buxoro — 3-4 ball, 668 km
Xorazm — 3 ball, 1044 km
Qoraqalpog‘iston — 3 ball, 1169 km. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar