16:19 / 06.01.2023
466

Qashqadaryoda bozor ko‘chishidan norozi bo‘lib hokim yordamchisini urgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qashqadaryoda bozor ko‘chishidan norozi bo‘lib hokim yordamchisini urgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Foto: Telegram / Shohrux G‘iyosov
2023 yil 2 yanvar kuni Qamashi tumanida bir guruh fuqarolar bozor ko‘chirilishiga e’tiroz bildirib, hokim o‘rinbosarini do‘pposlagani, bozor direktorining mashinasiga zarar yetkazgani haqida xabar berilgandi.

Viloyat IIB axborot xizmatining xabar berishicha, janjal uyushtirgan shaxslarning bir necha nafariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Boshqalari 15 sutkaga qamalgan.

Bozor hududiga jamoat tartibini tiklash uchun jalb qilingan Qamashi tuman IIB xodimlari tomonidan 6 nafar huquqbuzarlik sodir etgan fuqaroning harakatlari rasmiylashtirilgan.

To‘plangan hujjatlar asosida Jinoyat ishlari bo‘yicha Qamashi tuman sudi tomonidan MJtKning 183, 194 va 195-moddalariga asosan ikki nafar fuqaroga BHMning bir baravari miqdorida jarima, to‘rt nafariga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Jamoat tartibini buzishda ishtirok etgan yana to‘rt nafar fuqaroga nisbatan Qamashi tuman IIB tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat