
O‘zbekistonda bank kartalaridagi pullarni noqonuniy yechib olish holatlari ko‘paymoqda. IIV Kiberxavfsizlik markazi ma’lum qilishicha, shunday holatlardan biri Qashqadaryo viloyatida sodir bo‘ldi.
10-sinf o‘quvchisi birovning bank kartasidagi 6,5 mln so‘mdan ko‘proq pulni o‘zlashtirib oldi...
Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida yashovchi M.T. (1980 y.t.) ichki ishlarga murojaat qilib, uning bank kartasidan jami 6 663 000 so‘m pul noma’lum shaxs tomonidan yechib olinganligini ma’lum qilgan.
Ko‘p o‘tmay o‘sha noma’lum shaxs fosh etildi — Yakkabog‘ tumanida yashovchi, maktabning 10-sinf o‘quvchisi Ch.F. (2005 y.t.) ekan.
Ch.F. — jabrlanuvchining qizi bilan sinfdosh. U sinfdoshining telefon raqamiga ulangan bank kartasi ma’lumotlarini yashirincha o‘zining mobil qurilmasiga o‘tkazib olib, pullarni yechib olgan.
Ch.F.ga nisbatan O‘zR. JKning 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan, deyiladi xabarda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar