
Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning shaxsiy xavfsizlik bo‘limi hamda Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan Chiroqchi tumanida umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktorining murojaatiga asosan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda, o‘zini Bosh prokuratura departamentining Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tezkor xodimi deb tanishtirgan shaxs maktab direktoridan tekshiruv o‘tkazmaslik evaziga 400 dollar pora talab qilib, shundan 2,2 mln so‘mni xotinining plastik kartasiga o‘tkazib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Tergovga qadar tekshiruv davomida, o‘zini departament xodimi deb tanishtirgan shaxs aslida hech qayerda ishlamasligi, muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan Koson tumanida yashovchi shaxs ekani ma’lum bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, viloyat prokuraturasiga yuborilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar