
Samarqand shahrida sobiq harbiy xizmatchi firibgarlik yo‘li bilan pul olayotganda ushlandi. Bu haqda Prokuratura departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, sobiq harbiy xizmatchi D.L. fuqaro Sh.J.ga 14 500 dollar evaziga harbiy qismga tegishli uy-joyni doimiy yashash uchun order olib berishni va’da qilgani aniqlangan.
Departament va DXX xodimlari hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirda sobiq harbiy va’da qilingan puldan 10 000 dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar