
Qashqadaryoda 10-sinf o‘quvchisi fuqarolardan biriga tegishli bank kartasida bo‘lgan pullarni o‘zlashtirgan. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar bermoqda.
Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida yashovchi fuqaro IIBga ariza bilan murojaat qilib, noma’lum shaxs bank kartasidan jami 6 mln 663 ming so‘m pullarni yechib olganini ma’lum qilgan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, pullarni o‘zlashtirgan shaxs Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida yashovchi, 10-sinf o‘quvchisi ekani aniqlangan.
Dastlabki surishtiruvda, kartadagi pullarni o‘zlashtirgan o‘quvchi jabrlanuvchining qizi bilan sinfdosh bo‘lgan. U qizning telefon raqamlariga ulangan bank kartasini yashirincha o‘zining mobil qurilmasiga o‘tkazib olib, pullarni o‘zlashtirgani ma’lum bo‘lgan.
Qayd etilishicha, 17 yoshli o‘quvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar