O‘qituvchi hamkasbining plastik kartasidagi pulni onlayn-qimorga tikib yubordi

O‘qituvchi hamkasbining plastik kartasidagi pulni onlayn-qimorga tikib yubordi
Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiluvchi, maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi A.V. (1978 y.t.) o‘zining bank kartasidagi 1 545 000 so‘m pul noma’lum shaxs tomonidan yechib olinganidan arz qilib IIBga murojaat qildi.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni shu tumanda yashovchi R.A. (1988 y.t.) sodir etgani aniqlandi.

R.A. jabrlanuvchi bilan bir maktabda ishlab turib, uning bank kartasi ma’lumotlari va SMS-xabarnomasini qo‘lga kiritish orqali to‘lov tizimlaridan foydalanib, barcha pullarni «1xBet» onlayn-qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinga yutqazib qo‘ygani ma’lum bo‘ldi.

R.A.ga nisbatan O‘zR. JKning 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan, deyiladi IIV Kiberxavfsizlik markazi xabarida.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar