
Vazirlar Mahkamasining "Ro‘yxatga olinmagan qurolni, patronlarni, o‘q-dorilarni, portlovchi moddalarni va portlatish qurilmalarini ichki ishlar organlariga o‘z ixtiyori bilan topshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi Ro‘yxatga olinmagan qurolni, patronlarni, o‘q-dorilarni, portlovchi moddalarni va portlatish qurilmalarini ichki ishlar organlariga o‘z ixtiyori bilan topshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlanadi:
jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan o‘z ixtiyori bilan qurol va unining patronlarni bevosita hududiy ichki ishlar organlariga yoki profilaktika inspektoriga, portlashga yuqori xavfi bo‘lgan o‘q-dorilarni, portlovchi modda va portlatish qurilmalarini esa – bilvosita, maxsus bilim va ko‘nikmalarga ega mutaxassislarni jalb etgan topshirish qoidalari va shartlarini choralarini belgilash;
noqonuniy muomaladagi qurol va uning patronlarini o‘z ixtiyori bilan topshirganlik uchun mukofot pullari miqdorini, ularni aniqlash va to‘lash, shuningdek 1974 yilgacha ishlab chiqarilgan o‘qotar qurolni topshirgan shaxslarga uni imtiyozli asosda olish huquqini taqdim etish tartibini joriy etish;
ichki ishlar organlari tomonidan qabul qilingan qurol va uning patronlarini kriminalistik va markazlashgan axborot-qidiruv tizimlari hisoblaridan tekshirib chiqilishini, ularning kelib chiqishi yuzasidan dastlabki tekshiruv ishlari tashkil etilishini.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
joriy yilda ushbu qarorni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarga Ichki ishlar vazirligining asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq davlat budjeti 2022 yil uchun tasdiqlangan parametrlari doirasida zarur mablag‘lar ajratadi;
2023 yildan boshlab davlat budjetining xarajatlari parametrlarida tegishli mablag‘larni nazarda tutadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar