00:37 / 29.01.2023
470

Samarqandda yoshlar muz yorilishi oqibatida suvga tushib ketdi (video)

Samarqandda yoshlar muz yorilishi oqibatida suvga tushib ketdi (video)
Skrin: Telegram
Samarqand shahridagi “Alisher Navoiy” istirohat bog‘ida 28 yanvar kuni bir guruh yoshlar muz yorilishi oqibatida suvga tushib ketdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda ikki yigit va bir qiz muz ostidan tortib olinayotganini ko‘rish mumkin. Hududdan yugurib chiqishayotganda ham muz bo‘laklari darz ketgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholiga ko‘llar ustidagi muzlarda uchmaslikni tavsiya etgandi. O‘zbekistondagi ko‘llarning muz qoplamalari qalin bo‘lmagani sababli yorilish ehtimoli yuqori. Bu esa muz ustida uchayotganlar hayoti uchun xavfli bo‘lishi aytilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda yoshlar muz yorilishi oqibatida suvga tushib ketdi (video)