
Foto: FVV
Bugun, 29 yanvar soat taxminan 16:15 larda Nukus shahrining «Temir yo‘l» mahallasi 22 kichik tumanida joylashgan 8/1-uyning 4-qavatida joylashgan xonadonlarning birida gaz va havo aralashmasining chaqnashi tufayli portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV xabar berdi.
Oqibatda uydagi bir nechta xonadonlarning tom va pol qismlari o‘pirilib, 4-qavatdan 1-qavatgacha tushib ketgan.

Hodisa oqibatida 2 kishi: 2003 yilda tug‘ilgan S.Sh. va 2004 yilda tug‘ilgan Z.A. kuyish jarohati olgan va zudlik bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filialiga yotqizilgan.

Voqea yuzasidan tezkor shtab tuzilgan va uning boshchiligida baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan uyda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda, jumladan, ushbu uyda yashovchi fuqarolar xatlovdan o‘tkazilib, o‘pirilgan tom va pol qismlari tagida fuqarolar bor-yo‘qligiga aniqlik kiritish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

Ushbu uyda yashab kelayotgan odamlar evakuatsiya qilinib, vaqtinchalik uy-joy va uch mahal issiq ovqat bilan ta’minlangan.
Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Voqea yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi, deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar