date
views 352

Nukus voqealarining asosiy «figurant»i – Tajimuratov 16 yilga qamaldi

Nukus voqealarining asosiy «figurant»i – Tajimuratov 16 yilga qamaldi
Buxoro viloyati sudi binosida 2022 yilning 1−2 iyulidagi Nukus voqealarida ayblanayotgan 22 nafar sudlanuvchiga nisbatan hukm o‘qib eshittirish davom etmoqda.

Ma’lum qilinishicha, ushbu jinoiy ishda asosiy aybdorlardan biri deb qaralayotgan Davletmurat Tajimuratov 16 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.

Sudda prokuror Tajimuratovga 18 yil berishni so‘ragandi.

Shuningdek, ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan 4 nafar sudlanuvchi sud zalida qamoqdan ozod qilindi. Ularning orasida, avval xabar qilinganidek, jurnalist Lolagul Qallixanova ham bor.

Eslatib o‘tamiz, Tajimuratov uyushgan guruh tashkil qilib, Qoraqalpog‘iston Respublikasining amaldagi hukumatini ag‘darib, o‘zini Jo‘qorg‘i Kenges raisi lavozimiga tayinlash maqsadida ommaviy tartibsizliklarni tashkillashtirishda ayblangandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nukus voqealarining asosiy «figurant»i – Tajimuratov 16 yilga qamaldi