
Majburiy ijro byurosining Paxtaobod tuman bo‘limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha Izboskan tumanlararo sudining 30.03.2016 yildagi qarzdor S.Mamadaliyevdan undiruvchi N.Mamadaliyeva foydasiga bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun har oy topgan daromadining 1/4 qismi miqdorida aliment undirish ko‘rsatilgan ijro hujjati kelib tushgan.
Olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida ijro ishi bo‘yicha qarzdor S.Mamadaliyev tomonidan belgilangan aliment pullari ixtiyoriy ravishda oyma-oy to‘liq to‘lab kelingan. 01.02.2023 yilda qarzdor farzandi uchun to‘lanishi kerak bulgan aliment pullarini oldindan to‘lash niyatini bildirib, 3 000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni taqdim qilgan.
Byuroning Paxtaobod tuman bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan qarzdor S.Mamadaliyev aliment uchun oldindan to‘lov sifatida olib kelgan 3 000 AQSH dollari undiruvchi N.Mamadaliyevaga 01.02.2023 yilda tilxat asosida topshirildi.
Shu munosabat bilan sobiq er-xotinlar o‘rtasida kelishuvga erishildi hamda undiruvchining arizasiga muvofiq ijro ishi tamomlandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar