
Kuni kecha Qashqadaryo viloyatida avtomashinalarning davlat raqam belgilarini o‘zboshimchalik bilan yechib, yo‘lni har ikkala qatnov qismini to‘sib, guruh bo‘lib harakatlangan haydovchilar jarimaga tortildi. Bu haqda Qashqadaryo IIB matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Qashqadaryo viloyat IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, avtomashinalarning haydovchilari aniqlanib, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddalariga asosan, ma’muriy bayonnoma tuzilib, avtomashinalar vaqtinchalik saqlash maydonchasiga qo‘yilgan.
Qashqadaryo ViloyatiAvtomashina HaydovchilariDavlat RaqamJarima ChoraO'zbekiston RespublikasiSurishtiruv Harakatlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar