date
views 196

Taxiatoshlik ota 85 mln. so‘m aliment pullarini oldindan to‘ladi

Taxiatoshlik ota 85 mln. so‘m aliment pullarini oldindan to‘ladi
Fuqarolik ishlari buyicha Nukus tumanlararo sudining 07.07.2021 yilgi ijro hujjatiga asosan qarzdor D.D. dan undiruvchi O.Garayevaning foydasiga bir nafar farzandining ta’minoti uchun 1/4 miqdorda aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud.

Mazkur ijro hujjati Byuroning Taxiatosh tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushib, joriy yilning yanvar oyiga qadar aliment nafaqasi qarzdordan oyma-oy to‘liq undirib kelingan.

Shunga qaramasdan, alimentchi ota Byuro bo‘limiga murojaat qilib, aliment nafaqasini oldindan to‘lab berish istagini bildirgan.

Shu sababli, bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan amaliy yordam ko‘rsatilib, O‘zbekiston Respublikasi vazirlar Mahkamasining 06.10.2018 yilgi 808-sonli qarori talablariga asosan, keyingi 5 yilgi aliment nafaqasi miqdori hisoblab berilgan.

Natijada, alimentchi D.D. tomonidan 85,4 mln. so‘m farzandiga atalgan aliment pullarini oldindan to‘lab berdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Taxiatoshlik ota 85 mln. so‘m aliment pullarini oldindan to‘ladi