12:00 / 09.02.2023
273

«Pushaymonmiz!» — Nukus voqealarining 38 ishtirokchisi kechirim so‘radi

«Pushaymonmiz!» — Nukus voqealarining 38 ishtirokchisi kechirim so‘radi
Foto: Xabar.uz
Buxoro viloyat sudida 2022 yil 1-2 iyul kunlari Nukus shahrida ommaviy tartibsizliklarni sodir etganlikda ayblanayotgan 39 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni davom etmoqda.

Bugun ham bir nechta sudlanuvchilar so‘roq qilinmoqda.

«Biz O‘zbekiston fuqarolari, Qoraqalpoq azamatlari Prezidentimizdan, O‘zbekiston xalqidan, ota-onamizdan kechirim so‘rayman. Pushaymonmiz! Bizga bir imkon bering, biz sodiq farzandlar ekanimizni mehnatimiz, fidoiyligimiz bilan ko‘rsatamiz!» — dedi sudlanuvchi Davlatkeldi Nodirbayev sudda.

D. Nodirbayev so‘zi davomida sud zali temir panjarasi ortida o‘tirgan 38 nafar sudlanuvchi birbavakayiga o‘rnidan turib, qo‘lini ko‘ksiga ko‘yib, bir ovozdan kechirim so‘rashdi.

Avf etishlarini, chin dildan pushaymon ekanliklarini ko‘zda yosh bilan bayon etishdi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat