
Toshkent shahrida harakatlanuvchi 39, 45, 110, 122, 130-sonli avtobus yo‘nalishlari hamda 8I, 9I, 25M, 61M, 55M, 73M, 99M, 170M, 191M, 195M-sonli yo‘nalishli taksi yo‘nalishlarining harakati Food city savdo majmuasi avtoshoxbekatiga qadar uzaytirildi.
Food city savdo majmuasi ma’muriyati tomonidan yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida, «Food city savdo majmuasi — Qo‘yliq 7-metro bekati» yo‘nalishida harakatlanuvchi 6 ta bepul avtobus yo‘nalishi harakati yo‘lga qo‘yildi.
Bu haqda «Toshshahartransxizmat» ma’lum qildi.
Qo‘yliq dehqon bozori atrofidagi mavjud tirbandliklarni oldini olish va Farg‘ona yo‘li ko‘chasini Bektemir shossesi bilan bog‘lovchi yo‘l o‘tkazgich qurish hamda yo‘l-ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi munosabati bilan 10 fevraldan boshlab yuqoridagi yo‘nalishlarda harakatlanuvchi avtobuslar harakati o‘zgartiriladi.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar