255
O‘zbekistonda «To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi» umummilliy harakati boshlanadi
13 fevral kuni Shavkat Mirziyoyev Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri, Yoshlar siyosati va sport vaziri, Madaniyat va turizm vaziri, Sog‘liqni saqlash vaziri ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi. Unda ushbu sohalardagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Yig‘ilishda qayd etilishicha, 2022 yilda 386 ming nafar maktab bitiruvchilaridan 137 ming nafari oliy ta’limga, 20 ming nafari kollej va texnikumlarga qamrab olingan. Lekin bitiruvchilarning 50 foizi hech qanday kasb-hunarsiz mehnat bozoriga kirib kelgan. 2023 yildan boshlab, o‘quvchilarni ikkita xorijiy til va bitta kasbga o‘rgatish Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining eng ustuvor vazifasi bo‘lishi ta’kidlandi.
Oliy ta’limda institut va universitetlarning faoliyatini isloh qilib, malakali kadrlar tayyorlash, ilm bilan ishlab chiqarish integratsiyasini kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
So‘nggi yillarda olimlarning ish haqi 4,5 barobar oshirilgan. Bu yil ilm-fan va innovatsiyalarga 1,8 trillion so‘m ajratilmoqda. Bundan foydalanib, suv va energiyani tejash, tuproq unumdorligi va hosildorlik, geologiya, sanoat, qurilish kabi dolzarb yo‘nalishlarda ilmiy asoslar yaratish zarurligi qayd etildi.
Yosh avlodni yuksak madaniyat ruhida tarbiyalash masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi. Teatr, musiqa va kino sohalarini rivojlantirish, maqom va baxshichilikni asrab-avaylash muhimligi ta’kidlandi. Xalqimiz madaniyati va tabiat maskanlarini keng targ‘ib qilib, turistlarga sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Sog‘liqni saqlash sohasida ham dolzarb masalalar ko‘p. Bugungi kunda aholining 56 foizida ortiqcha vazn, 30 foizida surunkali kasalliklar bor. Shu bois «To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi» umummilliy harakati boshlanishi ma’lum qilindi.
Tibbiyot ta’limiga ilg‘or xorijiy tajribani joriy qilish, tizimni raqamlashtirish va tibbiy sug‘urtani yo‘lga qo‘yish orqali xizmat sifatini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Aholini qiynab kelayotgan onkologik, yurak-qon tomir va endokrin kasalliklar bo‘yicha erta o‘limni keskin kamaytirish muhimligi ta’kidlandi.
Yig‘ilishda vazirlar tizim faoliyatini samarali tashkil etish masalalari va ustuvor vazifalar yuzasidan axborot berdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bashar Asadning yaqin qarindoshi osib o‘ldirildi
Rossiya tashqi ishlar vaziri Lavrov amerikalik jurnalistga nimalar dedi?
O‘zbek shou-biznesi vakillari Halima Ibragimovani qanday xotirlamoqda?
Isyonchilar Damashq qamoqxonasida kutilmagan holatga duch kelishdi
Isroilda bosh vazir Binyamin Netanyahu ustidan sud jarayoni boshlandi
Turkiya Suriya muxolifatining Asadni ag‘darish rejalari haqida 6 oy oldin bilgan
Qarzing bo‘lmasin!
Janubiy Koreya prezidentining mamlakatdan chiqishi taqiqlandi