date 15:07 / 15.02.2023
views 162

Centrum Air aviakompaniyasi Toshkentdan Fargʻonaga parvozlarni yoʻlga qoʻydi

Centrum Air aviakompaniyasi Toshkentdan Fargʻonaga parvozlarni yoʻlga qoʻydi
Foto: Uzbekistan Airports
15 fevral kuni mahalliy vaqt bilan soat 09:52 da Toshkent — Fargʻona yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekistonning yangi tashkil etilgan Centrum Air aviakompaniyasi samolyoti Fargʻona xalqaro aeroportiga kelibqoʻndi.

An'anaga koʻra, bortida 86 yoʻlovchi boʻlgan samolyot suv arkasi bilan tantanali ravishda kutib olindi.

Shuningdek, aviakompaniya Toshkent — Urganch — Toshkent yoʻnalishi boʻyicha yoʻlovchi reysi ham rejalashtirilmoqda. Ushbu yoʻnalishda charter reyslar 2023 yil 17 fevraldan haftasiga ikki marta — juma va yakshanba kunlari Airbus A320 samolyotlarida amalga oshiriladi.

Centrum Air — Oʻzbekistonning «loukoster» aviakompaniyasi boʻlib, u 2023 yil yanvar oyida yoʻlovchi reyslarini amalga oshirishga ruxsat olgan. Bugungi kunda aviatashuvchi parkida ikkita Airbus A320 samolyoti mavjud. Yaqin kelajakda aviatashuvchi yana bir yoʻlovchi borti — Boeing 737’ni sotib olishni rejalashtirmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat