10:43 / 16.02.2023
189

Ota ikki o‘g‘lining ta’minoti uchun 80 mln so‘m to‘ladi

Ota ikki o‘g‘lining ta’minoti uchun 80 mln so‘m to‘ladi
Fuqarolik ishlari Jizzax tumanlararo sudining 2019 yil 12 noyabrdagi qaroriga asosan qarzdor H.K.dan undiruvchi X.A.ning foydasiga ikki nafar farzandining ta’minoti uchun uchdan bir qism miqdorda aliment undirish belgilangan.

– Mazkur sud qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Majburiy ijro byurosi Sh.Rashidov tuman bo‘limi tomonidan qarzdorning mol-mulklarini aniqlash maqsadida tegishli tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborildi va olingan ma’lumotlarga asosan H.K.ning barcha mol-mulkiga taqiq qo‘yildi, – deydi MIB Sh.Rashidov bo‘limi davlat ijrochisi Shahzod Qosimov.

– Keyingi tushuntirish ishlari tufayli qarzdor farzandlarini o‘ylab, ular voyaga yetgunicha hisoblab, aliment puli uchun umumiy qiymatda X.A.ga 80 mln so‘m to‘ladi.

G‘ayrat Mamatqulov
Byuroning Jizzax viloyati boshqarmasi inspektori

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat