![Toshkentda sudya 4 ming dollar pora olayotganda ushlandi](/uploads/posts/2023-02/hiqu2ycus7h3kejf_ggtcuafn0mfqzl1.jpg)
Foto: Shutterstock
16 fevral kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Yashnobod tuman sudi sudyasi 4 ming dollarni pora tariqasida olayotganda qo‘lga olingan. Bu haqda Kun.uz manbalari xabar bermoqda.
Toshkent viloyati prokuraturasi matbuot xizmati amaldagi sudyaga nisbatan shunday tadbir bo‘lganini tasdiqladi, lekin hozircha ish tafsilotlari ochiqlanmadi.
Oliy sud axborot xizmati rahbari Aziz Obidov tez orada rasmiy ma’lumot berilishini bildirdi.
Sudyalar Oliy kengashi axborot xizmati xozircha bunday ma’lumotga ega emasligini ma’lum qildi.
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar