
Majburiy ijro byurosining Rishton tuman bo‘limi tomonidan FIB Farg‘ona tumanlararo sudining 21.08.2019 yildagi qarzdor U.D.dan undiruvchi U.R. foydasiga ikki nafar farzandlarining moddiy ta’minoti uchun har oyda 1/3 qism miqdorida aliment undirish haqidagi ijro hujjati bo‘yicha olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdorga huquq va majburiyati tushuntirilgan va qarzdor U.D. aliment pullarini farzandlari uchun ixtiyoriy ravishda oyma-oy to‘lab kelgan.
15.02.2023 yil kuni qarzdor U.D. undiruvchi U.R. bilan o‘zaro kelishgan holda qarzdor farzandlarini voyaga yetguniga qadar to‘lashi lozim bo‘lgan 139.122.000 so‘m aliment pullarini 12.250 AQSH dollari miqdorida undiruvchi U.R.ga tilxat asosida topshirdi va undiruvchining arizasiga asosan ijro ishi tamomlandi.
Majburiy IjroRishton TumaniAliment PullariQarzdor OtaFarzandlarIjro Hujjati O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar