![Andijonda qarz evaziga “SPARK” avtomashinasi had qilindi](/uploads/posts/2023-02/1676793185_01.jpg)
Andijon tumanida farzandi uchun aliment to‘lashi belgilangan qarzdor ota aliment to‘lovi o‘rniga o‘z mashinasini taklif qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudining 30.06.2017 yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor X.Imomovdan undiruvchi X.Imomova foydasiga 2015 yilda tug‘ilgan bir nafar voyaga yetmagan farzandi ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan.
Qarzdor X.Imomov aliment to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lamaganligi sababli 12 mln. so‘m aliment qarzdorligi vujudga kelgan.
Byuroning Andijon tuman bo‘limi xodimlari tomonidan qarzdor bilan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida X.Imomov aliment qarzdorligini to‘liq bartaraf etib, 31 mln. 554 ming so‘m to‘lovlarni amalga oshirdi.
Shuningdek, X.Imomov undiruvchi X.Imomova bilan kelishgan holda farzandi voyaga yetgunga qadar to‘lanadigan aliment pullari o‘rniga undiruvchiga o‘z nomidagi “SPARK” mashinasini taklif qildi.
Undiruvchi X.Imomova taklifni qabul qilgach, mashina uning nomiga o‘tkazib berildi. Shuning bilan ijro hujjati amalda ta’minlandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar