23:53 / 19.02.2023
315

O‘zbekiston uchun eng maqbul taraqqiyot modeli

O‘zbekiston uchun eng maqbul taraqqiyot modeli
Mustaqillikning ilk yillarida “rivojlanishning Turkiya modeli”, “Janubiy Koreya modeli” haqidagi gaplar tez-tez quloqqa chalinib turardi. Keyin bularning hammasi unutildi-da, “O‘zbekistonning o‘z taraqqiyot yo‘li” degan yangi “plastinka” aylana boshladi. Lekin hech kim bu taraqqiyot yo‘li aynan qandayligini tuzuk-quruq tushuntirib bera olmadi. Ko‘chadagi gap uyga, qog‘ozdagi qonun ko‘chadagi vaziyatga to‘g‘ri kelmaydigan eski davr uchun bu albatta tabiiy holat.

Ayrim yakka hokimlarning injiqligi yoki geosiyosiy o‘yinlar ham o‘z yo‘liga, biroq, nima bo‘lganda ham, o‘sha taraqqiyot modellari sinab ko‘rilgan hamda ularning salbiy yoki bizga mos kelmaydigan jihatlari aniqlangan bo‘lsa kerakki, ulardan voz kechilgan.

AzonTV dagi «Fikrat» tahliliy dasturining navbatdagi mavzusi ana shu taraqqiyot modellari bo‘ldi. Jumladan, ko‘rsatuv tomoshabinlaridan biri: O‘zbekiston turli rivojlanish yo‘llarini tanlab ko‘rgan edi. Hozir O‘zbekistonga qaysi davlatlarning rivojlanish yo‘llari namuna bo‘lishi mumkin, degan savol berdi.

Bu savolga ko‘rsatuv eksperti, siyosatshunos Hamid Sodiq shunday javob berdi:

Afsuski, turli rivojlanish yo‘llari tanlab, sinab ko‘rilmadi. Bizning muammomiz shunda. Hech bir modelni normal tatbiq etmadik. Xuddi fin ta’lim tizimiga o‘xshab. Yangi modelning elementlarini olib kelamiz. Lekin shu bilan birga eski tizim ham qoladi, yangisini ham qo‘llashga harakat qilamiz. Ikkalasini ham qo‘yib yubormaslikka intilamiz. Ko‘pchilik islohotlar qonli kechadi, o‘zi. Men qon to‘kilishini nazarda tutmayapman, balki oson bo‘lmaydi, degan ma’noda aytyapman.

Men izlanishlar natijasida shunday fikrga keldimki, qaysi bir davlatning modelini o‘rganmaylik, baribir o‘zimizga xos model yaratishimizga to‘g‘ri keladi. To‘g‘ri, boshqa davlat rivojlanish modelining umumiy tuzilishni olishimiz mumkin, lekin uning tarkibi va mohiyati o‘zbekona bo‘lishi, ya’ni bizning reallikka mos kelishi kerak. O‘shandagina bizda yashovchan adolatli jamiyat qurish mumkin bo‘ladi
", dedi siyosatshunos Hamid Sodiq.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat