date
views 221

Ota farzandi ta’minoti uchun 40 mln. so‘mni oldindan to‘lab berdi

Ota farzandi ta’minoti uchun 40 mln. so‘mni oldindan to‘lab berdi
Majburiy ijro byurosi Andijon viloyati boshqarmasining Ulug‘nor tuman bo‘limi tomonidan yana bir aliment bilan bog‘liq hujjat ijrosi to‘liq ta’minlandi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bo‘z tumanlararo sudi buyrug‘iga asosan qarzdor D.Matkodirovdan undiruvchi G.Karimova foydasiga bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan. Shunga muvofiq, MIB tuman bo‘limi xodimlari tegishli ijro harakatlarini olib borgan.

Qarzdor aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lamagani sabab 4 400 000 so‘m aliment qarzdorligi yuzagan kelgan. Bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida qarzdor aliment qarzini to‘lash bilan birga farzandi voyaga yetgunicha bo‘lgan aliment pullarini oldindan to‘lab berishini bildirgan.

Shunday qilib, qarzdor D.Matkodirovdan 40 000 000 so‘m aliment pullari undirilib, undiruvchi G.Karimovaga topshirildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ota farzandi ta’minoti uchun 40 mln. so‘mni oldindan to‘lab berdi