20:26 / 22.02.2023
225

Qarzdorga tegishli yuk avtotransport vositasi auksion savdosida sotildi

Qarzdorga tegishli yuk avtotransport vositasi auksion savdosida sotildi

Byuroning Sardoba tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan Jizzax tumanlararo iqtisodiy sudining 05.04.2022 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor “Sardoba tuman yo‘llardan foydalanish” UKdan undiruvchi “Barkamoltrans” MCHJ foydasiga jami 1 144 750 729 so‘m undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati yuzasidan qarzdor unitar korxonaga tegishli 2014 yilda ishlab chiqarilgan MAN rusumli avtotransport vositasi 28.10.2022 yilda xolislar ishtirokida xatlangan va “Yelektron onlayn auksionlarni tashkil yetish markazi” DUKning onlayn auksion savdosiga chiqarilgan.

Mazkur avtotransport vositasining dastlabki auksion savdosi joriy yilning 9-yanvar kuni bo‘lib o‘tishi belgilangan va o‘tkazilgan dastlabki auksion savdosining o‘zidayoq fuqaro A.T. tomonidan 258 667 500 so‘m qiymatda yutib olingan.

Avtotrasnport vositasining sotuvidan tushgan pul mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro yetish to‘g‘risida”gi Qonunning 80-moddasiga asosan undiruvlar navbatiga ko‘ra qarzdor “Sardoba tuman yo‘llardan foydalanish” UKning ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorliklariga yo‘naltirildi.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat