13:08 / 27.02.2023
226

Farzand onasi bag‘riga qaytdi

Farzand onasi bag‘riga qaytdi

O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 87-moddasiga asosan,  bolaning hayoti va sog‘lig‘i bevosita xavf ostida qolganda vasiylik va homiylik organi bolani ota-onadan (ularning biridan) yoki bolani o‘z qaramog‘iga olgan boshqa shaxslardan zudlik bilan olishga haqlidir.

Majburiy ijro byurosining Shovot tumani bo‘limiga fuqarolik ishlari bo‘yicha Shovot tumanlararo sudining bir nafar voyaga yetmagan farzandini javobgar Sh.Jumaniyozovdan onasi M.Tajiyeva tarbiyasiga olib berish to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushgan.

Bo‘lim xodimlari tomonidan ushbu sudning qarorini ta’minlash maqsadida olib borilgan ijro harakatlari natijasida bola onasi tarbiyasiga olib berildi.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat