18:53 / 27.02.2023
270

Xodimlar va ularning ota-onalari bilan uchrashuv

Xodimlar va ularning ota-onalari bilan uchrashuv

Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasida tizim xodimlari va ularning ota-onalari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Ochiq, samimiy ruhda o‘tgan tadbir avvalida boshqarma boshlig‘i Bekzod Mirzaaxmedov Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan sud va boshqa hujjatlar ijrosini ta’minlash borasida tizimli chora-tadbirlar ko‘rib kelinayotganini alohida ta’kidladi.

Darhaqiqat, davlatimiz rahbari tomonidan prokuraturaning har bir xodimi oliyjanob xalqimizning haqiqiy himoyachisi, adolat va qonuniylik posboni bo‘lishi lozimligini ta’kidlagan edilar.

Bugungi kunda ana shu talab asosida o‘z faoliyatini olib borayotgan Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan sud hamda boshqa organlarning qarorlarini ijro etib, amalda odil sudlovni ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Uchrashuvda Byuroning shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi katta inspektori A. Xudoyberganov so‘zga chiqib, mehnat intizomi, qonunchilik holatlari buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik, prokuratura organi xodimi degan sharafli kasbga sadoqat bilan xizmat qilish va fuqarolar bilan xushmuomalada bo‘lish haqida gapirib o‘tdi.

Shuningdek, xodimlar o‘rtasida korrupsiya illatiga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash hamda bojxona organlari saflarini nopok xodimlardan tozalash borasida aniq yo‘nalishga ega bo‘lgan keng qamrovli ishlar amalga oshirilib kelinayotganligi qayd etildi.

O‘z o‘rnida davlat ijrochilari va ularning ota-onalari so‘z olib, Byuro organlarida xodimlar uchun yaratib berilayotgan sharoitlar, ularga javoban faqat munosib ishlashi,  o‘z xizmat vazifalarini vijdonan bajarishlarini aytib o‘tdilar.

Tadbir yakunida sud va boshqa organlardan kelayotgan hujjatlar ijrosini ta’minlashda namunali xizmat qilib kelayotgan bir guruh boshqarma inspektorlari va bo‘limlar davlat ijrochilari pul mukofoti bilan taqdirlanishdi. Ularning  ota-onalariga esa boshqarmia boshlig‘ining tashakkurnomalari topshirildi.


MIB Namangan viloyat boshqarmasi


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat