17:16 / 03.03.2023
360

Ota o‘z yashash xonadonini farzandiga hadya qildi

Ota o‘z yashash xonadonini farzandiga hadya qildi

Majburiy ijro byurosining Shayxontohur tuman bo‘limi ish yurituvidagi fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor A.G.Korolkovdan undiruvchi Ye.P. Pazemina foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandi moddiy ta’minoti uchun 2022 yil 10 fevraldan boshlab u voyaga yetguniga qadar javobgarning har oydagi ish haqi va boshqa daromadlarining 1/4 qismi miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Shayxontohur tuman bo‘limi ijro ishi yurituviga kelib tushgan.

Olib borilgan ijro harakatlari davomida, 24.02.2023 yilda qarzdor va undiruvchining o‘zaro kelishuviga asosan voyaga yetmagan farzandi moddiy ta’minoti uchun uni 18 yoshga to‘lguniga qadar to‘lash lozim bo‘lgan aliment o‘rniga qarzdorga tegishli M.Ulug‘bek tumani, TTZ-2 mavzesidagi yashash xonadonini undiruvchining nomiga notarius orqali rasmiylashtirib, Qonunning 40-moddasi 1-bandiga asosan ijro xujjati tamomlandi.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat