Byuroning Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan aliment qarzdorliklarini undirish va aliment to‘lashdan bo‘yin tovlagan shaxslarni qonun doirasida javobgarlikka tortish borasida muayyan ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, Byuroning Olmaliq shahar bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan 4 ta ijro hujjati bo‘yicha qarzdorlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 122-moddasi 1-qismiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Misol uchun, fuqarolik ishlari bo‘yicha Ohangaron tumanlararo sudining 14.08.2017 yildagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor A.Xamrayevdan, undiruvchi I.Xamrayeva foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandini moddiy ta’minoti uchun toki ular o‘n sakkiz yoshga to‘lguniga qadar qarzdorning har oyda topgan barcha turdagi daromadlaridan 1/3 qismi miqdorida aliment undirilishi belgilangan bo‘lsada, qarzdor 01.09.2018 yildan 01.07.2022 yilga qadar jami 54.828.790 so‘m miqdorida aliment pullarini to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlab kelgan. Shu sababli jinoyat ishlari bo‘yicha Olmaliq shahar sudining 19.09.2022 yildagi qaroriga asosan MJtKning 474-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, unga nisbatan 15 (o‘n besh) sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Shunga qaramasdan, A.Xamrayev sodir etgan huquqbuzarligi uchun o‘ziga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin ham tegishli xulosa chiqarmasdan ikki oydan ortiq muddat mobaynida voyaga yetmagan farzandini moddiy ta’minlashdan qasddan bo‘yin tovlab kelgan.
Aliment qarzini hisoblash to‘g‘risidagi 28.02.2023 yildagi davlat ijrochisining qarorga asosan, qarzdor A.E.Xamrayevning alimentdan bo‘lgan qarzi 01.03.2023 yilga qadar jami 64.255.606 so‘mni tashkil qilgan.
Shunga asosan, qarzdorga nisbatan 28.02.2023 yilda O‘zbekiston Respublikasi JKning 122-moddasi 1-qismiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)