Majburiy ijro byurosining Toshkent viloyati boshqarmasi Piskent tuman bo‘limi tomonidan aliment undiruvlari bilan bog‘liq ijro hujjatlarining ijrosi bo‘yicha nafaqat voyaga yetmagan farzandlarni ta’minoti, balki tomonlar bilan muloqat qilib, ularni yarashtirish choralarini ham ko‘rmoqdalar.
Jumladan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Ohangaron tumanlararo sudining 14.01.2022 yildagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor M.Mo‘minovdan, undiruvchi S.Djanabekova foydasiga voyaga yetmagan farzandi ta’minoti uchun 1/4 qism miqdorida aliment hamda fuqarolik ishlari bo‘yicha O‘rtachirchiq tumanlararo sudining 10.06.2022 yildagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor R.Mirqosimovdan, undiruvchi N.Dadamatova foydasiga voyaga yetmagan farzandi ta’minoti uchun 1/4 qism miqdorida aliment undirish bo‘yicha ijro xujjatlari taraflar o‘zaro kelishganligi sababli undiruvchilarning iltimosnomasi va tilxatiga ko‘ra “Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 40-modda 1-bandiga asosan tamomlangan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)