19:30 / 11.03.2023
298

Ona to‘rt nafar farzandlari bilan uyiga kiritildi

Ona to‘rt nafar farzandlari bilan uyiga kiritildi

Majburiy ijro byurosining Qo‘shtepa tumani bo‘limi ish yurituvidagi Fuqarolik ishlari bo‘yicha Marg‘ilon tumanlararo sudining 19.01.2023 yildagi qaroriga asosan undiruvchi L.T.ni uning to‘rt nafar farzandlari bilan Qo‘shtepa tumani, Qiyqi mahallasidagi uyiga kiritish to‘g‘risidagi ijro hujjati yuzasidan qarzdorga  ixtiyoriy muddat berilgan edi.

Lekin, qarzdor tomonidan ixtiyoriy muddat ichida sud qarori ijrosi ta’minlanmagach, Byuroning Qo‘shtepa tuman bo‘limi tomonidan 10.03.2023 yil kuni olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida undiruvchi L.T.ni to‘rt nafar farzandlari bilan ijro hujjatida ko‘rsatilgan uyga kiritib qo‘yilishi ta’minlandi va ijro hujjati amalda tamomlandi.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat