Fuqaroga 12 mln. 217 ming so‘m mablag‘lar “Aliment to‘lovlari jamg‘armasi” hisobidan to‘lab berildi
Majburiy ijro byurosining Guliston shahar bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Boyovut tumanlararo sudining 14.09.2020 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor A.Xoliqnazarovdan undiruvchi N.Xoliqnazarov foydasiga 2 nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun har oyda oylik ish haqi va boshqa daromadining 1/3 qism miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati qo‘zg‘atilgan va ijro harakatlari olib borilgan.
Qarzdor A.Xoliqnazarov bir necha bor ogohlantirilishiga qaramasdan aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lashdan bo‘yin tovlaganligi sababli, 05.04.2021 yilgi jinoyat ishlari bo‘yicha Guliston shahar sudining hukmiga asosan O‘zbekiston Respublikasi JKning 122-moddasi bilan 6 (olti) oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan va jabrlanuvchi N. Xoliqnazarov foydasiga 12 mln. 217 ming so‘m zarar undirish belgilangan.
Qarzdor A.Xoliqnazarov muqaddam aliment mablag‘larini to‘lashdan bo‘yin tovlagani uchun jinoiy javobgarlikka tortilishiga qaramasdan, bundan tegishli xulosa qilmasdan, ushbu harakatini yanada davom ettirdi.
Shu sababli, joriy yilning 09 fevral kuni Byuroning Sirdaryo viloyati boshqarmasi surishtiruv va ma’muriy amaliyot shu’basi tomonidan JKning 122-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Shuningdek, ko‘rilgan majburiy ijro harakatlari samarasiz bo‘lganligi sababli, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aliment to‘lovlari jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 427-sonli Qarori bilan aliment to‘lovlarini qoplab berish haqida qaror qabul qilindi hamda 12 mln. 217 ming so‘mlik mablag‘lar «Aliment to‘lovlari» jamg‘armasi hisbidan undiruvchi N. Xoliqnazarovga tegishli AT "Aloqabank" dagi palastik kartasiga o‘tkazib berildi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)