21:50 / 15.03.2023
226

Navoiy shahrida MIB xodimlari tashabbusi bilan mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi

Navoiy shahrida MIB xodimlari tashabbusi bilan mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi

Majburiy ijro byurosining Navoiy shahar bo‘limi tashabbusi bilan Navoiy shahri “Ishga marhamat” Monomarkazi binosida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” tashkil etilib, mazkur mehnat yarmarkasida Navoiy shahridagi 35 ta korxona, tashkilot va muassasalari rahbar va mas’ul xodimlari ishtirok etdilar hamda 112 ta bo‘sh ish o‘rinlari e’lon qilindi.

E’lon qilingan bo‘sh ish o‘rinlarga ko‘ra, mehnat yarmarkasining mazmun-mohiyati ishtirok etgan barcha fuqarolarning e’tiboriga yetkazildi.

Tashkil etilgan mehnat yarmarkasida Navoiy shahrida faoliyat yuritayotgan mahallalardan jami 42 nafar aliment to‘lovchi fuqarolar qatnashib, murojaatchilarning 35 nafarini tegishli ma’lumotga ega bo‘lmagan hamda 7 nafari o‘z ma’lumoti bo‘yicha murojaat qilganlar tashkil etdi.

Qariyib, ikki soat davom etgan mehnat yarmarkasida qatnashgan fuqarolarning o‘z xoxishlari asosida ularning roziliklari hamda malaka, kasb va mutaxassisliklari inobatga olinib, 6 nafar aliment to‘lovchi fuqaroga kvota hamda tavsiyaviy xarakterdagi yo‘llanma va tushunchalar berildi.

Tadbirda qatnashib, bandligi ta’minlanmagan qolgan 36 nafar fuqarolarga huquqiy maslahat va tushunchalar berilib, ularni ish bilan ta’minlash choralarini kelgusida ko‘rib chiqilishiga kelishib olindi.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat