20:34 / 20.03.2023
393

Jizzaxda «vayner»larni jazolagan sudning qarori noqonuniy deb topildi

Jizzaxda «vayner»larni jazolagan sudning qarori noqonuniy deb topildi
Bir muddat oldin Jizzaxda IIO xodimining xizmat formasini noqonuniy kiyib video olganlikda ayblangan ikki nafar vayner (ijtimoiy tarmoqlar uchun qisqa ko‘ngilochar videolavhalar ishlovchi)larning biri 15 sutkaga, uning sherigi esa 10 sutkaga qamalgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
 
Mazkur sud hukmi ijtimoiy tarmoqlarda bahs-munozaralarga sabab bo‘lgach, viloyat prokuraturasi tomonidan o‘rganildi.
 
Viloyat prokuraturasi bergan ma’lumotga ko‘ra, jinoyat ishlari bo‘yicha G‘allaorol tuman sudining 13 martdagi qaroriga ko‘ra, fuqaro U.O‘. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi va 209-1-moddasi, fuqaro D.U. esa ushbu kodeksning 183-moddasi bilan huquqbuzar deb topilib, ularga nisbatan ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
 
Ushbu sud qarori noqonuniy bo‘lganligi sababli, G‘allaorol tuman prokuraturasi tomonidan uni bekor qilish yuzasidan apellyatsiya tartibida protest keltirildi.
 
Protestga asosan ma’muriy ish 18 martda Jizzax viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasida ko‘rib chiqilib,  U.O‘ va boshqalarning harakatlarida huquqbuzarlik alomatlari mavjud emas deb topilib, U.O‘ va  D.U.lar sud zalidan qamoqdan chiqarilgan holda ularning buzilgan huquqlari tiklanishi ta’minlandi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat