“AQSh go‘zali - 2016” tanlovida harbiy qiz g‘alabani qo‘lga kiritdi

AQShning Las-Vegas shahrida 5 iyun kuni o‘tkazilgan “AQSh go‘zali” tanlovida 26 yoshli, vashingtonlik harbiy xizmatchi qiz Deshona Barber g‘alabaga erishdi, deb xabar berdi “Darakchi” nashri.

Iste’fodagi harbiy xizmatchining qizi, “Kolumbiya okrugi go‘zali” unvoni egasi, Virjiniya shtati Universitetining biznes-menejment fakultetini tugatgan Deshona otasining izidan borib, AQSh qurolli kuchlari, quruqlikdagi qo‘shinlari safiga yoziladi. U Fort-Mid bazasida kapitan unvonini olgunga qadar xizmat qiladi. Uning fikricha, harbiy xizmatchi ayollarning harbiy erkaklardan farqi yo‘q, AQShda jins odamni chegaralab qo‘ymaydi.

Aynan Deshora Barber yil oxirida o‘tkaziladigan “Koinot go‘zali” tanlovida AQSh sharafini himoya qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing