18:22 / 24.03.2023
438

2023 yil uchun zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdori belgilandi

2023 yil uchun zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdori belgilandi

Oʻzbekiston Musulmonlari idorasi Fatvo markazi milodiy 2023 (hijriy 1444) yilgi zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdorini e'lon qildi.

Bu yilgi zakot nisobi 35 700 000 (oʻttiz besh million etti yuz ming) soʻm deb belgilandi.

Shunga koʻra, zarur ehtiyojdan tashqari bir yil davomida 35,7 million soʻm va undan ortiq mablagʻga yoki ushbu qiymatdagi savdo-tijorat moliga ega boʻlgan kishi jami mablagʻining qirqdan biri (2,5 foizi)ni hisoblab, uni zakot niyatida kambagʻal va faqirlarga beradi.

Shuningdek, fitr sadaqasi miqdori

  • bugʻdoydan 2 kg — 12 000 (oʻn ikki ming) soʻm;
  • arpadan 4 kg — 20 000 (yigirma ming) soʻm;
  • mayizdan 2 kg — 100 000 (yuz ming) soʻm;
  • xurmodan 4 kg — 180 000 (bir yuz sakson ming) soʻm deb belgilandi.

Fidya miqdori fitr sadaqaning miqdori bilan bir xil boʻladi.

Har kim oʻz imkoniyatiga qarab, ushbu toʻrt mahsulotning xohlagan bir turidan fitr sadaqasi yoki fidya miqdorini bersa kifoya qiladi.

Mazkur qiymatlar Toshkent shahar bozorlaridagi narxga asosan belgilandi. Har bir viloyat oʻz bozorlaridagi narxga qarab fitr sadaqasini belgilaydi.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat