date

Moskvalik ayol 60 yoshda ona bo‘ldi

Moskvalik ayol 60 yoshda ona bo‘ldi

Rossiya poytaxtida ilk marotaba 60 yoshli ayol ona bo‘ldi, deb xabar berdi “Darakchi” nashri.

2016 yilning 24 may kuni 60 yoshli moskvalik ayol onalik baxtiga muyassar bo‘ldi. Homiladorlik EKO yordamida amalga oshirilgan. Homiladorlikning 34 haftasida kesarcha kesish operasiyasi o‘tkazilgan. Chaqaloq o‘g‘il bola bo‘lib, og‘irligi 2,32 kilogramm bo‘lgan, tug‘ruqdan keyingi ilk sutkada diffuzli kislorod yordamida nafas olgan.

Chaqaloq ko‘krak sutini emmoqda. Hozirda ona va bola o‘zlarini yaxshi his qilmoqda. Ayolning aytishicha, homiladorligi yengil kechgan, boshqorong‘ilik, shishlar uni bezovta qilmagan, faqat oxirgi to‘rt haftada qon bosimi ko‘tarilgan, xolos.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Moskvalik ayol 60 yoshda ona bo‘ldi