Tramp Qazzofiy bilan kelishuv orqali jaraq-jaraq pul ishlagani haqida eslatdi

Tramp Qazzofiy bilan kelishuv orqali jaraq-jaraq pul ishlagani haqida eslatdi
Tramp Qazzofiy bilan kelishuv orqali jaraq-jaraq pul ishlagani haqida eslatdi

AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod bo‘lgan Donald Tramp 2011 yili o‘ldirilgan Liviya rahbari Muammar Qazzofiy bilan uning o‘limidan oldin tuzilgan kelishuv orqali kattagina pul ishlab olgani haqida aytib o‘tdi. Bu haqda "Kun" nashri xabar tarqatdi.

"Shuni unutmangki, men yagonaman. Axir men Muammar Qazzofiyning jaraq-jaraq pullarini olganman, agar eslasangiz", degan u CBS uchun bergan intervyusida.

Milliarderning aytishicha, Qazzofiy AQShga kelganida unga yashash uchun joy kerak bo‘lgan va u shu masalada aynan Donald Trampga murojaat qilgan.

Gap 2009 yili Qazzofiyning Donald Trampga tegishli mulkda chodir o‘rnatib yashagani haqida ketmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar