![Samarqandda advokatga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi](/uploads/posts/2023-03/1642842779_920__95_3073566735.jpg)
Samarqandda advokat firibgarlik jinoyatini sodir qilganligi aniqlandi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Toyloq tuman prokuraturasi advokatlar hay’ati advokati I.Q. tumanning Navzandak mahallasida yashovchi I.D.dan uy-joy kadastr hujjatlarini tayyorlab berishni va’da qilib, 200 AQSH dollari va 500 ming so‘m pul olganligi aniqlangan.
Shuningdek, advokat fuqaro N.I.ni qamoqdan chiqarib berishni va’da qilib, uning yaqinlaridan 10 ming AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan va o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.
Samarqand viloyat prokuraturasi holatni tasdiqladi va 2023 yil 14 mart kuni I.Q.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi tegishli bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilayotganini ma’lum qildi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring ![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar